E'lonlar
  • 08 07, 2022

Imtixonlarni Qayta topshirish

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 
7-mh-son buyrugʻig bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3115-son)  “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning
 26 bandida  Attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan oʻquvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmasligi,  
27-bandida uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida qatnasha olmagan oʻquvchilar yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritilishi hamda 28-bandida Yuridik texnikumning belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan oʻquvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, 3 yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni qayta topshirish huquqiga ega ekanligi va bunda yuridik texnikum direktori shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyish haqida buyruq chiqarilganidan soʻng amalga oshirilishi belgilangan.
Shunga koʻra Kuniy davlat attestatsiyasiga uzrli sabablarga koʻra qatnashmagan oʻquvchilar asoslantiruvchi maʼlumotnoma, uzrrli sabablarsiz qatnashmagan va qoniqarsiz baho olgan oʻquvchilar ariza bilan 2022-yil 
13-iyul kuni soat 8:00dan 11:00ga qadar murojaat qilishlari mumkin. Shu kunning oʻzida soat 14:00dan 18:00 ga qadar mutaxassislik fanlaridan 
14-iyul kuni soat 08:00 dan 12:00ga qadar xorijiy til fanidan yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish imtihonlari boʻlib oʻtadi.