Pedagoglar jamoasiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
Joriy yilning 3-mart kuni Sirdaryo yuridik texnikumida 2026-yil fevral oyida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini pedagog xodimlarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida:
Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasidagi yangi vazifalar;
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida belgilangan ustuvor chora-tadbirlar;
Oliy ta’lim tizimida talabalar va o‘qituvchilar nisbatiga oid yangilangan normativlar;
Akkreditatsiya jarayonlari va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar atroflicha tushuntirildi.
Tadbir davomida pedagoglar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026
03 03, 2026