Yangiliklar
  • 12 03, 2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Sirdaryo yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Sirdaryo kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig'i Namozova Shohista Hayitovna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ta’lim jarayoni, kelajakdagi kasbiy faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va taklif hamda tashabbuslarini bildirdilar.


Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda rahbarlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.