Yangiliklar
  • 07 03, 2026

Ayollar – jamiyatimiz ko‘rki va faxri

Ayol – mehr-muhabbat timsoli, oila farovonligining tayanchi, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyi va matonatli shaxsdir.

Ona sifatida farzand tarbiyasida, rafiqa sifatida oila mustahkamligida, kasb egasi sifatida esa jamiyat rivojida ayollarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish har qanday jamiyatning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan sanaladi.


8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo yuridik texnikumida ham ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida texnikum direktori sohada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ishlarida ulkan yutuqlar va doimo bahordek go‘zal kayfiyat tiladi. 
Bayram tadbirida texnikum xotin-qizlariga samimiy tilaklar bildirilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
Bahorning iliq nafasi bilan kirib kelgan ushbu qutlug‘ bayram texnikum jamoasiga o‘zgacha shukuh, quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.