Yangiliklar
  • 12 03, 2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 Joriy yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi imkoniyatlar belgilab berildi. Xususan, har haftaning payshanba kuni tashkilot va muassasalarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bugun, Sirdaryo yuridik texnikumida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda texnikumda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Tadbir so‘ngida Sirdaryo Yuridik texnikumida fidokorona va samarali mehnat qilib kelayotgan 10 nafar tashabbuskor va ilg‘or yosh xodimlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan respublikamizning tarixiy va diqqatga sazovor  shaharlariga bepul sayohat qilish imkoniyatini beruvchi maxsus sertifikat topshirildi. Uchrashuvda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlarga badiiy kitoblar jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Tadbir videosini ko'rish