Yangiliklar
  • 05 03, 2026

Targ'ibot tadbiri

Sirdaryo yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri  bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga Akademiyada ta’lim olish imkoniyatlari, qabul jarayonlari hamda kelajakda favqulodda vaziyatlar sohasida xizmat qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Akademiyada yaratilgan zamonaviy o‘quv va amaliy shart-sharoitlar haqida ham tushuntirildi.

Jumladan:
• zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar
• maxsus o‘quv poligonlari va amaliy mashg‘ulot maydonlari
• yotoqxona va sport majmualari
• malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi
• kursantlar uchun yaratilgan barcha zarur sharoitlar to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.