Kelajak soati
Bugun Sirdaryo yuridik texnikumida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbus mazmuniga bag‘ishlangan “Kelajak soati” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida texnikum rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga ushbu tashabbuslarning mazmun-mohiyati, yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, grant dasturlari, huquqiy ta’lim sohasidagi yangiliklar hamda innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil tushuntirish berildi.
.jpg)
Shuningdek, yuridik soha vakillari sifatida yoshlarning qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga undash, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

O‘quvchilar “32 ta muhim tashabbus” mazmuni bilan yaqindan tanishib, ilgari surilgan g‘oyalarning o‘z kasbiy faoliyati va kelajak rejalari bilan uzviy bog‘liqligini chuqur anglab oldilar.
.jpg)
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026
02 03, 2026