E'lonlar
  • 07 01, 2022

TALABALAR DIQQATIGA!

Sizlar uchun endilikda super imkoniyat yaratilmoqda va uni qo'ldan boy bermang! Shu oydan boshlab yuridik texnikum talabalari uchun mutlaqo bepul ingliz tili to'garaklari boshlanadi. 

 Mazkur to'garaklarda professional ustozlarimiz sizlarni IELTS imtixoniga puxta tayyorlashadi. Bunda sizlar darajangizga qarab guruhga bo'linasizlar va haftada 3 marotaba kursga qatnashingiz lozim bo'ladi.

Aytgancha, bu kursdan asosiy maqsadimiz IELTS dan kamida B2 darajadagi sertifikatga ega talabalarimizni ko'paytirish va xorijiy tilni o'rgatish orqali nutqingizni ham rivojlantirishdir. 

 Endilikda bu to'garak ham kredit-modul tizimida ishlaydi, qoldirilgan yoki o'zlashtirilmagan darslar uchun kreditlarni to'ldirishingiz kerak bo'ladi.

 Joriy yilda IELTS dan eng yuqori bal olgan talabaga mobil telefon yoki noutbook  sovg'a qilinadi.

 Kursga a'zo bo'lish uchun @ielts_log ga o'zingiz haqingizda yozib qoldiring va 25-yanvar kuni qabul imtixonida ishtirok eting!