Yangiliklar
  • 02 12, 2021

Joriy yilning 2-dekabr kuni Sirdaryo viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zolari Yuridik texnikumida yoshlar bilan uchrashdi

Tadbirda Kelajak lidelari prezidenti Murod Yusupov, klub Media va innovasiya masalalari yo‘nalishi koordinatori Anvar Tuychiyev, klub Talabalar yo'nalishi koordinatori Sherzod Yo'ldoshev, klub a’zolari Dilmurod Yigitaliyev, Temurbek Farxodov, Zoir Esirgapovlar qatnashdi.
 
Uchrashuv davomida yoshlarga Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
 
Yuridik texnikumi yoshlari uchrashuv davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yetti yo‘nalishi hamda “Kelajak liderlari" klub faoliyati bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan liderlarga yuzlandi.
 
Uchrashuv baxs munozaralarga boy bo‘ldi.