Yangiliklar
  • 26 06, 2024

Ijtimoiy ta'minot huquqi haqida.

Oʼzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 46-moddasiga koʼra, Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʼqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʼqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega.

Yurtimizda 2023 yil 30 aprelь kuni oʼtkazilgan referendumda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi Oʼzbekistonni barpo etish boʼyicha orzu-umidlari va intilishlari oʼz aksini topganligidan dalolat bermoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi Oʼzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab berdi.
Referendum koʼp millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qatʼiy qaror qilganligining ishonchli ifodasi boʼldi.
Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik printsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga koʼra, Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʼqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʼqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga egadir.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi sudga yoʼllardan foydalanish unitar korxonasiga nisbatan daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar hisobidan 14 904 427.75 soʼm mablagʼlarni regress tartibda undirishni soʼragan.
Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida” Qonuni 66-moddasi ikkinchi qismiga koʼra, Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yoʼqotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʼliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʼlguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining «b» bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʼlash xarajatlarining oʼrnini qoplovchi pulni ish haqi toʼlashga moʼljallangan mablagʼlar hisobidan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazadi.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, 1999 yil 6 yanvarda fuqaro Saydullaev Sabirjon Shayzokovich javobgarda xizmat vazifalarini oʼtash vaqtida mayiblangan va bu tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining maʼlumotiga asosan 2 guruh nogiron deb tan olingan. 
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga koʼra, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʼqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʼqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 dekabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq pensiyalarni toʼlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʼgʼrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʼlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi)ning 4-bandiga asosan tashkilotlar har oyda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʼliq holda olingan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʼqotganlik va nogironlik pensiyalari toʼlangan oydan keyingi oyning 25-sanasigacha mazkur xarajatlarni qoplovchi toʼlovni Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazadilar.
Daʼvogar tomonidan fuqaro S.Sh.Saydullaevga 2021 yil yanvarь oyidan 2023 yil 01 iyulь sanasiga qadar jami 14 904 427.75 soʼm nogironlik pensiya toʼlangan.
Biroq, javobgar tomonidan mazkur xarajatlarni qoplovchi toʼlovni daʼvogarga oʼz vaqtida oʼtkazmagan va natijada 2023 yil 1 iyulь holatiga 14 904 427.75 soʼm pensiya toʼlash xarajatlari toʼlanmay qolgan.
Nizomning 3-bandiga koʼra, pensionerning yashash joyi boʼyicha pensiya jamgʼarmasining tuman (shahar) boʼlimi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar tashkilotga mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʼliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʼqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʼlashga xarajatlarni qoplash toʼgʼrisida regress talabnomani yuboradi.
Shu sababli daʼvogar tomonidan javobgarga pensiya toʼlash xarajatlarini qoplash toʼgʼrisida toʼgʼrisida regress talabnomalarni yuborilgan.
Biroq javobgar daʼvogarning ushbu talabnomalarini oqibatsiz qoldirgan. 
Nizomning 6-bandiga asosan pensionerning hisobga turgan joyi boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi tuman (shahar) boʼlimlari mazkur Nizomning 3-bandida koʼrsatilgan pensiyalarni toʼlashga sarflangan mablagʼlarning, ular tashkilotlar tomonidan oʼz vaqtida toʼlanmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq regress daʼvo arizalari boʼyicha tashkilotlardan undirilishini taʼminlaydilar.
Nizomning 10-bandiga asosan tashkilotlar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” kichik bandiga muvofiq tayinlangan, biroq ushbu nizomning 11-bandiga muvofiq belgilanadigan uning eng kam miqdoridan kam boʼlmagan pensiyalarni toʼlashga oʼtgan yil uchun Pensiya jamgʼarmasining amaldagi xarajatlarini har yili 1 fevralgacha toʼliq qoplaydilar.
Yuqoridagilarga koʼra daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar hisobidan regress tartibda 14 904 427.75 soʼm mablagʼlarni undirishni soʼragan.
Ish hujjatlaridan va ish muhokamasi jarayonida javobgarning daʼvogar oldida 2023 yil 1 iyulь oyi (shu jumladan) holatiga pensiya toʼlash xarajatlari boʼyicha jami 14 904 427.75 soʼm qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. 
Ushbu faktlar ish hujjatlarida mavjud dalolatnomalar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va ishga aloqador boshqa hujjatlar kabi dalillar bilan oʼz isbotini topadi.
Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 68-moddasi birinchi qismida asosan ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʼz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerakligi, uchinchi qismida esa ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʼz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilanmagan boʼlsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida ochib berishi lozim, biroq javobgar tomonidan 14 904 427.75 soʼmni toʼlab berilganligini faktini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Sud, daʼvogarning javobgar hisobidan 14 904 427.75 soʼm mablagʼlarni regress tartibda undirish haqidagi daʼvo talabining asosli deb topib, uni qanoatlantirishni lozim topadi.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, fuqaro S.Sh.Saydullaev korxonada ishlash davomida mehnat qobiliyatini yoʼqotganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan ijtimoiy taʼminot olish huquqiga egaligi taʼminlandi.

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi 
Maxmudov Bexzod Ulugʼmurodovich