Yangiliklar
  • 26 06, 2024

Bankrotli holatlar haqidagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Qarzdorlarni toʼlovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizalar Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda taqdim etilmasligi ularni qaytarilishiga sabab boʼladi.

 

 Joriy yilning 31 avgust kuni Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Maxmudov va sudya N.Аbdullaevlar tomonidan Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi, tuman, shahar davlat soliq inspektsiyalari tomonidan umumiy va soddalashtirilgan tartibda qarzdor xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni bankrot deb topish toʼgʼrisidagi arizalarni sudlarga taqdim etilish tartibi, arizalarni koʼrib chiqilishi va bankrot deb topilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni tugatish jarayonida sud tugatish boshqaruvchilari tomonidan olib borilishi lozim boʼlgan vazifalari, ularning faoliyati davomida xato-kamchiliklarga yoʼl qoʼymaslik choralarini koʼrilishi hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi Qonuni mazmun mohiyati yuzasida Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi, tuman, shahar davlat soliq inspektsiyalari xodimlari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

 

  Statistik maʼlumotlarga koʼra, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga joriy yilning 8 oyi davomida arizachi soliq inspektsiyasi tomonidan bankrot deb topish toʼgʼrisida taqdim qilingan arizalar soni jami 149 ta tani tashkil qiladi, shulardan, qaytarilgan arizalar 76 tani, ish yuritishga qabul qilinib, koʼrilgan arizalar 70 tani, shulardan 63 tasi qanoatlantirilgan, 7 tasi koʼrmasdan qoldirilgan etilgan.

Tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki, tuman, shahar soliq inspektsiyasi tomonidan sudlarga taqdim qilingan bankrotlik toʼgʼrisidagi arizalarni Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va 2022 yil 12 aprelga qadar amalda boʼlgan “Bankrotlik toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi OʼRQ-763-sonli Qonuni talablariga mos holda taqdim etilmaganligi natijasida 76 ta arizani qaytarilishiga, 7 ta arizani koʼrmasdan qoldirilishiga olib kelingan.

Davra suhbati davomida Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi, tuman, shahar davlat soliq inspektsiyalari Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi qonuni mazmun mohiyati tushuntirilgan holda, ular bilan arizalarni Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining “Toʼlovga qobiliyatsizlik toʼgʼrisida”gi Qonuniga mos holda taqdim etilishi va tugatish ishlarni Qonunga muvofiq olib borilishiga kelishib olindi.

 

 

Maxmudov Bexzod Ulugʼmuradovich,

 Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi