Yangiliklar
  • 26 06, 2024

Byudjet tashkilotlari

Davlat byudjetidan mablagʼ oluvchi tashkilotlar tomonidan ortiqcha sarf xarajatlarga yoʼl qoʼymaslik ularning asosiy vazifasi boʼlmogʼi lozim.

Maʼlumki, yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari boʼyicha byudjetdan ajratiladigan mablagʼlar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʼlari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan roʼyxatdan oʼtkaziladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʼarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʼlgan yuridik majburiyatlar gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan hisobga olinadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʼlari oluvchilarning byudjetdan ajratiladigan mablagʼlar boʼyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar ular gʼaznachilik boʼlinmalarida roʼyxatdan oʼtkazilganidan keyin kuchga kiradi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʼlari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni gʼaznachilik boʼlinmalarida roʼyxatdan oʼtkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan kechiktirmay taqdim etishlari lozim. Biroq, byudjet tashkilotlari tomonidan yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni, xususan shartnomalarni gʼaznachilik boʼlinmalarida roʼyxatdan oʼtkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabrga qadar taqdim etilmasligi natijasida, byudjet tashkilotlarini yetkazib beruvchi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan ularni sudga berilishi bilan ulardan davlat boji va penyalarni undirilishi bilan davlat byudjet mablagʼlarini ortiqcha sarflanishiga olib kelmoqda, Xususan, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 2214 ta iqtisodiy ish koʼrilgan boʼlib, shundan 249 ta iqtisodiy ish byudjet tashkilotlari javobgarligida koʼrilgan, ularning hisobidan jami 572 261 853 mln soʼm miqdoridagi pul mablagʼi davlat boji sifatida undirilgan. Ushbu tashkilotlar jumlasiga quyidagilarni kiritimiz mumkin, avtomobilь yoʼllari davlat qoʼmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar idoralari, Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi, Mahalliy hokimliklar, Moliya vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, Suv xoʼjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilotlarni tashkil qiladi.

Joriy yilning 24 oktyabrь kuni Sirdaryo viloyatida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlaridan mablagʼlari oluvchilar byudjet tashkilotlari ishtirokida Davlat byudjetidan mablagʼ oluvchi tashkilotlar tomonidan ortiqcha sarf xarajatlarga yoʼl qoʼymaslik va byudjet mablagʼlaridan maqsadli foydalanish yuzaisdan Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Maxmudov tomonidan davra suhbati oʼtkazildi.

Oʼtkazilgan uchrashuv tadbirida yigʼilishda ishtirok etgan byudjet tashkilotlari vakillariga shartnomalarni gʼaznachilikdan roʼyxadan oʼtkazishlari, ortiqcha sarf xarajatlarga qoʼymasliklari, shuningdek, Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʼarmalari mablagʼlarini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq boʼlmagan maqsadlarga moliya yili davomida yoʼnaltirishi, mehnatga haq toʼlash boʼyicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qoʼshimchalar va boshqa toʼlovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida toʼlovlarni amalga oshirishi, byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni toʼlash uchun pul mablagʼlari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablagʼlari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirilmasligi, Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʼarmalari mablagʼlarini moliya yili davomida sarflashlari, Boshlangʼich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, byudjet hisobi va moliyaviy hisobot maʼlumotlarining boshlangʼich hisob hujjatlarining maʼlumotlariga nomuvofiqligi, byudjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning toʼliq aks ettirilmaganligi byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir. Moliya organlariga byudjet soʼrovini, roʼyxatdan oʼtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlarining ijrosi toʼgʼrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet soʼrovini, roʼyxatdan oʼtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlarining ijrosi toʼgʼrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzmasliklari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 

Bexzod Ulugʼmuradovich Maxmudov,

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.