Yangiliklar
  • 08 01, 2025

Kitobxonlik

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 8-yanvar kuni pedagog-xodimlar oʻrtasida kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kutubxonadan samarali foydalanishga chorlash maqsadida ózlari óqigan badiiy asarlar asosida savol javob oʻtkazildi. 

✅ Kitobxonlikka targ'ibotni yanada rivojlantirish maqsadida pedagoglar tomonidan o'zlari sevib mutoala qilgan adabiyotlar jumladan O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar", "Ikki eshik orasi", Azamat Qorjovovning "Milliarder xonimning iztiroblari", jahon adabiyoti durdonalari Aleksandr Dyumaning "Graf Monte Kristo", Paulo Koeloning "Alkimyogar" asarlarini o'qib chiqish tavsiya etildi.

Kitobxonlikda qatnashgan barcha ustozlar ushbu asarlardagi voqiyalarni tinglab o'zlariga ma'naviy ozuqa oldilar.