Faxrli pedagogimiz tantanali tarzda kuzatildi
Bugun Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi mutaxasislik fanlari o'qutuvchisi 3-darajali adliya maslahatchisi Dilmurod Bobobekov yangi ish lavozimiga o'tayotganligi sababli tantanali tarzda kuzatildi.
✅ Tantanada hamkasbimizning ko‘p yillik samarali faoliyati, fidoiyligi va mehnatsevarligi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda olib borayotgan ezgu ishlari, tashabbuskorligi munosib e'tirof etildi.
Hamkasbimiz ishlagan davri mobaynida o'z vazifalarini namunali bajarib, hamkasblariga mehnatda o'rnak ko'rsatdi va bir qator shogirdlariga kasb sir-asrorlarini o'rgatdi. Dilmurod Bobobekov bilan birgalikda mehnat qilgan hamkasblari, texnikum rahbariyati u haqida va mehnatda erishgan yutuqlari to'g'risida ijobiy fikrlarini bildirdilar. Bundan keyingi hayot yo'llarida baxt, sog'lik va omad tilashdi.