Yangiliklar
  • 30 11, 2021

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi - Konstitutsiya bilimdoni!

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, "Adolat" SDP dasturiy maqsad va vazifalarini targ'ib qilish maqsadida "Konstitutsiya bilimdoni" ko'rik-tanlovi tashkil etilgan edi
 
Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi Zafar Gafarov joriy yilning 30-noyabrida bo'lib o'tgan ushbu tanlovning Respublika bosqichida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi !
 
Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni barcha texnikum o'quvchilari va ma'muriyati nomidan muborakbod etgan holda, yutuqlari davomiy va bundanda oliy bo'lishiga ishonch bildiramiz !