Yangiliklar
  • 29 11, 2021

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 3 ta shart asosida bo'lib o'tadi:
 
1-shart: Tanishtiruv va sahna ko'rinishi.
(Huquqiy mavzuda) 
Vaqt reglamenti 7 daqiqa
 
2-shart. Savol-javob. 
(Jamoa sardorlari oldindan tayyorlangan 5 ta savoldan iborat savollar konvertidan o'zlari uchun savolni tanlaydilar, o'ylash uchun umumiy 2 daqiqa vaqt beriladi va har bir to'g'ri javob uchun 1 balldan beriladi)
 
3-shart. Videoroliklar namoyishi.
(Videoroliklar kreativligi, sifati, professionalizmi, originalligi jihatidan baholanadi.) Vaqt reglamenti 3 daqiqa
 
Har bir shart bo'yicha to'planishi mumkin bo'lgan ball — 5 ball
Uchta shart bo'yicha ja'mi to'planishi mumkin bo'lgan ball — 15 ball
 
Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalar 8 kishidan iborat tarkibda tuzilishlari va 5-dekabr sanasiga qadar ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.
 
Ro'yxatdan o'tish uchun:
@sherzod_yuldoshev