Yangiliklar
  • 23 11, 2021

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish davom etmoqda.

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2021/2022 o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul quyidagi tartibda davom etmoqda:
 
 Yuridik texnikumlar kirish imtihonida o‘tish balidan past ball to‘plagan abiturientlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
 
 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilari va
 
 Respublika oliy ta’lim muassasalarida «yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli o‘quv yilida test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan  abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinadi.
 
Shoshiling imkoniyatni qo‘ldan boy bermang
 
Muddat 25-noyabr (shu kuni ham)