Yangiliklar
  • 12 11, 2021

"IDROK" intellektual o'yinlarining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 12-noyabr sanasida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan "IDROK" intellektual o'yinlarining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi. Unda talabalar tomonidan shakllantirilgan  "Barrister", "Yuristlar", "Sahovat", "Al-fraganus", "Intouchables", "Patriotlar" va "Metsenat" jamoalari ishtirok etdilar. 
 
Qizg'in va muzokaralarga boy tarzda o'tgan ushbu baxslarda "Barrister" va "Patriotlar" jamoalari final bosqichiga yetib keldilar. Finalda "Patriotlar" jamoasi o'z ustunligini namoyon etib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 
 
Yakunda g'olib jamoa va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.