Yangiliklar
  • 01 11, 2021

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filialida “Kelajak liderlari” klubi a’zolari uchun self menejment mavzusida seminar-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Liderlar mashqlar va o‘yinlar asosida insonni o‘z xatti-harakatlari, holati ustidan nazorat qila olishiga, ratsional ravishda vaqtdan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
 
Shuningdek, Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi xodimi, klub koordinatori Sherzod Yo'ldoshev self-menejment, muvaffaqqiyat formulasi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.