Yangiliklar
  • 27 10, 2021

"O'z yo'lingni o'zing tanla"

Joriy yilning 27-oktabr sanasida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "O'z yo'lingni o'zing tanla" shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Sirdaryo viloyati IIB JQB katta tezkor vakili, mayor B.S.Tursunov, katta letenant B.Bozorov, Norkologiya dispanseri shifokori A.Hakimov, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori B.Rahimovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarga norkamaniyaga qarshi kurash, sog'lom turmush tarzi, OITSga qarshi kurash haqida ma'lumotlar berildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.