Yangiliklar
  • 21 10, 2021

"Qadring baland bo'lsin ona tilim"

Joriy yilning 21-oktabr kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Qadring baland bo'lsin ona tilim" nomli tadbir tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i D.Umurzoqova, texnikum direktor o'rinbosari R.Jarbekov, Fakultet dekani A.Babajanov, O'quv bo'limi boshlig'i J.Musayev va faol o'quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Yakunda faol o'quvchilar va hodimlar munosib taqdirlandilar.