Yangiliklar
  • 14 10, 2021

"Til bilgan – elda aziz"

Joriy yilning 14-oktabr kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi axborot kutubxona markazi xodimi Nazira Xaliqova tomonidan tashkillashtirilgan "Til bilgan – elda aziz" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
 
Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan turli nutqlar, saxna ko'rinishlari va videoroliklar taqdim etildi. Shu tariqa ular o'zbek tilining bugungi kundagi ahamiyati va nufuzini qiziqarli tarzda yoritib berishdi.
 
Interaktiv o'yin orqali esa o'quvchilarning sovodxonlik darajasi tekshirildi va eng sovodxon talabaga o'zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri sovg'a qilindi.
 
Xorijiy til o'qituvchilari Malohat Mavlyanova va Yulduz Nabiyeva tomonidan turli millat vakillarining o'zbek tilida aytgan nutq va she'rlari taqdim etildi. Shuningdek, Hindistondan tashrif buyurgan mehmon Roshan Lal o'quvchilarni o'zbek tilida yaqinlashib kelayotgan o'zbek tili bayrami bilan muborakbot etdi.
 
Tadbir so'ngida tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar munosib taqdirlandilar.