Yangiliklar
  • 14 10, 2021

Guliston davlat universiteti "Ishlab chiqarish" fakulteti faollar zalida "Saylov - kelajak tanlovi" mavzusida Seminar-trening bo’lib o’tdi.

Tadbirda GulDU professori Ravshan Maxmudov, “Kelajak liderlari” klubi Talabalar yo'nalishi koordinatori Sherzod Yo'ldoshev, klub a’zolar Sarvar Mirzayev, Dilmurod Yigitaliyev, Mamurjon Turdimuhammatov, Dilfuza Surmanova, Islom Karimov, Hamdamov Quvonchbek hamda Abdusalomov Nazrjon, viloyat yuridik texnikumi o'qituvchisi Sindor Amanyo'lovlar qatnashdilar.
 
Seminar-trening mavzusi: Saylov – kelajak tanlovi
 
Seminarda saylovda birinchi marta ishtirok etuvchi yosh saylovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 
 
Shuningdek, Guliston davlat universitetida tashkil etilishi kutilayotgan "Kelajak liderlari" klubining filiali haqida ham ma'lumotlar berib o'tildi.