E'lonlar
  • 22 09, 2022

E'LON!

Joriy yil 22-24-sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Rossiya ta’limi. Toshkent-2022” ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma-yarmarkada Rossiyaning 50 dan ortiq universitet va institutlari o‘z ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi taqdimotlar bilan qatnashadilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish.

Manzil:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49 (“O‘zbekiston” yoki “Xalqlar do‘stligi” metro bekatlari).
Ko‘rgazmaga “Tashkent city” ro‘parasidagi TDIU asosiy binosi orqali kiriladi.