E'lonlar
  • 14 09, 2022

DIQQAT E'LON!

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 55-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga asosan:

Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

1-bosqich – hududiy bosqich;
2-bosqich – mintaqaviy bosqich;
3-bosqich– respublika bosqichi.

Tanlovda yuridik texnikumda oʻqiyotgan oʻquvchilarni oʻz ichiga olgan jamoalar ishtirok etish huquqiga ega. Har bir jamoa 5 nafardan ishtirokchini oʻz ichiga oladi.

Jamolar ishtirok etishlari uchun yuridik texnikum direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.