E'lonlar
  • 12 09, 2022

E'LON

Oʻzbekiston Respublikasi  adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi  55-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Huquqiy fanlar olimpiadasi”ni o'tkazish haqidagi nizomiga asosan:

Olimpiada quyidagi huquqiy fanlar doirasida shu yil dekabr oyining birinchi 10 kunligida bo'lib o'tadi:

1.Konstutsiyaviy huquq
2.Davlat va huquq nazariyasi
3.Jinoiy odil sudlov asoslari
4.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
5.Jinoyat huquqi
6.Fuqarolik huquqi
7.Mehnat huquqi
8.Jinoiy protsessual huquqi
9.Fuqarolik protsessual huquqi
10.Maʼmuriy huquq

Yuridik texnikumlarning oʻquvchilari olimpiadaning faqat bitta fan doirasidagi sinovlarda ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1-bosqich – hududiy bosqich;
2-bosqich – respublika bosqichi.

Istak bildiruvchilar batafsil ma'lumot olish uchun Dekanatga murojaat qilishingiz mumkin.