Yangiliklar
  • 06 10, 2021

G'oya, tashabbus, loyiha, natija

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Davlat-huquqiy faoliyati yo'nalishi 2-bosqich o'quvchisi Abdulaziz Nabiyev o'zining "REACHING STARS" (https://t.me/reaching_stars) loyihasini texnikumda ham yo'lga qo'ydi. Loyiha onlayn konferensiyalar tarzida Zoom platformasida bo'lib o'tadi
 
Konferensiyadan ko'zlangan maqsad:
 
 Mamlakatimiz yoshlariga bir-birlari bilan o'zaro fikr almashish imkoniyatini yaratish; 
 
 Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish; 
 
 Yoshlarning o'z iqtidorini topishda ko'maklashish, ularda liderlik qobiliyatlarini shakllantirish;
 
 O'zlari qiziqqan sohasidagi yetuk va malakali mutaxassislar bilan suhbat qilishlariga imkoniyat yaratish;
 
 Oliy Majlis palatalari deputatlari, Yoshlar parlamenti hamda davlat boshqaruv organlari bilan suhbatlashish imkoniyatlarini yuksak darajada tashkil etishdan iborat.