Yangiliklar
  • 24 09, 2021

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov bilan saylovoldi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

2021-yil 23-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida Milliy tiklanish demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov bilan saylovoldi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi xodimlari va  faol o'quvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda Alisher Qodirovning saylovoldi dasturi tinglandi. Sirdaryo yoshlari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.