Yangiliklar
  • 09 02, 2022

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi" tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizda 9-fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an'anaga aylangan. Shu jumladan Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi" tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda xodimlar hamda oʻquvchilar g'azalxonlik hamda Navoiy hayoti va ijodi toʻgʻrisida fikr almashdilar.
 
Alisher Navoiy oʻzining boy ma'naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g'azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan.