Yangiliklar
  • 06 02, 2022

«OYNING ENG YAXSHI O'QUVCHISI»

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Davlat-huquqiy faoliyati yo'nalishi 2-bosqich 7-guruh o'quvchisi Abdulaziz Nabiyev yanvar oyining eng yaxshi o'quvchisi deya e'tirof etilgan holda «Oyning eng yaxshi o'quvchisi» nominatsiyasini qo'lga kiritdi. 

Abdulaziz Nabiyev o'quv jarayoni davomida o'zining texnikum faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ishlab chiqqan takliflari, jamoat ishlarida va axborot va media sohasida faolligi, texnikum ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, tashabbuskorligi, erishayotgan yutuqlari, loyihalarini amalga oshirishi va boshqa bir qator qobiliyat va iqtidorlari bilan jamiyatda munosib obro'-e'tibor va hurmatga sazovor insonlardan hisoblanadi.

Ushbu o'quvchimizni navbatdagi yutug'i bilan texnikum ma'muriyati nomidan muborakbod etamiz! O'qishlari va faoliyatiga omad tilab, huquq va siyosat sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishiga ishonch bildiramiz!

G'olib sertifikat va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.