Yangiliklar
  • 30 01, 2022

“Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov ushbu taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichdan iborat bo‘lgan ikki bosqichda oʻtkaziladi.

Tanlov gʻoliblari adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.