Yangiliklar
  • 12 12, 2021

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi xodimlari Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.

Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markaziga Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi rahbari Usmanova Gulmira va yetakchi mutaxassisi Xaliqova Nazira tashif buyurishdi. Tashrif jarayonida universitet Axborot-resurs markazi ish jarayoni, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish, roʻyxatga olish tartibi, maʼlumot yetkazib berish, kutubxona fondi, elektron kutubxona va masofadan xizmat koʻrsatish kabi ish faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar va maslahatlar berildi