Yangiliklar
  • 20 12, 2021

1-bosqich talabalariga CEFR bo'yicha B2 darajasini egallash masalasida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 20-dekabr kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Ingliz tili o'qituvchilari X.Abduvoidov, M.Mavlyanova, Y.Nabiyeva tomonidan 1-bosqich talabalariga CEFR bo'yicha B2 darajasini egallash masalasida davra suhbati tashkil etildi. Unda til o'rganishda kuzatiladigan muammolar, qulay muhitni shakllantirish masalalarida takliflar muhokama qilindi.
 
O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusida texnikumda "Speaking club" faoliyati yo'lga qo'yilishi haqida kelishib oldilar.