Yangiliklar
  • 10 12, 2021

#Madhiya kuni

1992 yil 10 dekabr “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo`yilgan. O`zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo`lib, musiqasini O`zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o`tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg`ular tarannum etilgan.