Sirdaryo yuridik texnikumi Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga tashrif buyurishdi.

Sirdaryo yuridik texnikumi Kompyuter grafikasi yo‘nalishi o‘quvchilari nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif o‘quvchilar uchun soha faoliyati bilan yaqindan tanishish, real ish jarayonlarini ko‘rish hamda o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim imkoniyat yaratdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar boshqarma mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan loyihalar, zamonaviy qurilish jarayonlari, shaharsozlik va infratuzilmani rivojlantirishga oid ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, kompyuter grafikasi yo‘nalishi o‘quvchilari uchun ayniqsa muhim bo‘lgan loyiha chizmalari, vizualizatsiya jarayonlari va maxsus dasturlar orqali yaratilayotgan dizayn ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mutaxassislar o‘quvchilarga sohada talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘llari yuzasidan tavsiyalar berildi.
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026
25 03, 2026