Yangiliklar
  • 04 02, 2026

“O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul jarayonlari to‘g‘risida”

 Joriy yilning 4-fevral kuni Sirdaryo yuridik texnikumida

“O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul jarayonlari to‘g‘risida” 

targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi kadrlar bo‘limi prokurori Xayrulla Abdugʻaniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining mas’ul xodimi I. Gafurov ishtirok etib, o‘quvchilarga “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirish tartibi, imtihon bosqichlari va

o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdilar.

 Tadbir o‘quvchilarda huquq-tartibot organlari xodimi bo‘lishdek mas’uliyatli va sharafli kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Qabul uchun hujjatlar quyidagi havola orqali topshiriladi: https://my.uzbmb.uz