Yangiliklar
  • 05 02, 2026

Bugungi dars — ertangi amaliyot poydevori

Sirdaryo yuridik texnikumida TDYU Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Shukrullayev Siyovush Ulug‘bek o‘g‘li ishtirokida binar dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars “Fuqarolik ishlarining taalluqliligi va sudlovliligi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ish qaysi sudda ko‘rilishi, sudlovlilikning turlari, to‘g‘ri sudni aniqlashning huquqiy ahamiyati hamda sud amaliyotida uchraydigan muammolar real misollar asosida tahlil qilindi.

Mashg‘ulot davomida nazariya amaliy keyslar bilan uyg‘unlashtirilib,

talabalar bilan faol savol-javoblar olib borildi.

Bu esa mavzuni yanada tushunarli va qiziqarli bo‘lishini ta’minladi.

Sirdaryo yuridik texnikumi rahbariyati TDYU Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi hamda

Shukrullayev Siyovush Ulug‘bek o‘g‘liga

samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi.