Yangiliklar
  • 19 03, 2026

Sirdaryo yuridik texnikumi o‘quvchilari Mehnat yarmarkasida!

Bugun Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xorijda mavjud rasmiy ish o‘rinlari, mehnat shartnomasi tuzish tartibi, zarur hujjatlar va ishga joylashish jarayonlari haqida muhim ma’lumotlar olindi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarimizga to‘g‘ri tanlov qilish, qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda katta yordam beradi.