Sirdaryo viloyati Yuridik klinikasi

Bizning maqsadimiz:

Biz texnikum o'quvchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash, o'quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

 

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinikasi oʻz faoliyatini
2022 yil mart oyidan boshladi. Hozirda Yuridik texnikumning Yuridik klinika raxbari lavozimga Erashev Qurbonboy Nurullayevich tayinlangan.

2021- yilning 2-mart kunidagi “Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan ish faoliyatini boshladi. Xozirgi kunda yuridik klinikaga II bosqichning kunduzgi ta’lim shaklida taxsil olayotgan  120 nafar oʻquvchilar aʻzo boʻlib xozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi yuridik klinikasiga fuqarolardan 24 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlar bo‘yicha klinikaga aʻzo oʻquvchilar va oʻqituvchilar tomonidan tegishli huquqiy maslahatlar berilib barcha murojaatlar ijobiy hal qilingan. Hamda ijobiy hal qilingan murojaatlar bo‘yicha yuridik klinika tomonidan 8 ta videoroliklar tayyorlanib klinikaning “Huquqiy maslahat” rukni ostidagi loyihasida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda alohida o‘rin egalladi.  

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi yuridik klinika raxbari hamda aʻzo oʻquvchilar tomonidan Guliston shahridagi jami 5 ta MFYlarda axoliga huquqiy maslaxatlar berish maqsadida joylarda begʻaraz huquqiy yordam sifatida sayyor uchrashuvlar otkazildi. Uchrashuvlar chog‘ida yuridik texnikumda Yuridik klinikaning ish faoliyati yuzasidan axoliga tushunchalar berilib flayerlar tarqatildi. Shuningdek Yuridik klinika aʻzo oʻquvchilar olgan bilmini amaliyot bilan bogʻlash, nazariy bilimlarini amaliyotda toʻgʻri qoʻlay bilish, huquqiy koʻnikmalarini shakilantirish maqsadida amaliyotchi xodimlarni jalb qilgan holda fuqarolarning murojaatlari o ‘rganilib kelinmoqda.

2022-yilining Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika bo‘limi tashkil etilganidan o‘tgan ikki oyi davomida texnikumda rejalashtirilgan Yuridik klinika ishlarining ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi va qo‘shimcha tadbirlar tashkil etib borildi. Jumladan:

- targ‘ibot-tashviqot ishlari ish reja asosida olib borildi va barcha o‘tkazilgan tadbirlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 24-fevral kuni "Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar fuqarolariga targ‘ibot ishlari olib borildi;

- 28-fevral kuni Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum Yuridik klinika rahbari Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Ulug‘ yo‘l” MFYda joylashgan 4-sonli oilaviy poliklinika xodimlari va fuqarolariga targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi;

- 1-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Ma’naviyat” MFYda yashovchi fuqarolarga targ‘ibot-tashviqot hamda  yuridik maslaxatlar berildi;

- 6-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika tomonidan va Yuridik texnikum xodimi Sh.Bayseitov bilan hamkorlikda “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusidagi videorolik ishlandi va bu videorolik  ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 11-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar fuqarolariga targ‘ibot ishlari olib borildi;

- 14-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika rahbari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahar viloyat hokimligida joylashgan “Xavfsiz mahalla xavfsiz hudud” xodimlari bilan birgalikda  tashviqot ishlari olib borildi;

- 15-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika tomonidan va Yuridik texnikum xodimi Sh.Bayseitov bilan hamkorlikda “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusidagi 2-videorolik ishlandi va bu videorolik  ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 18-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Ma’naviyat” MFYda yashovchi fuqarolariga targ‘ibot-tashviqot hamda  yuridik maslaxatlar berildi;

- 25-mart kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar fuqarolariga targ‘ibot ishlari olib borildi;

- 4-aprel kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Madaniyat” MFYda yashovchi fuqarolarga targ‘ibot-tashviqot hamda  yuridik maslaxatlar berildi;

- 11-aprel kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikum Yuridik klinika tomonidan va hamda Sh.Bayseitov hamkorlikda “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzusidagi 3-videorolik ishlandi va bu videorolik  ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 15-aprel kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikum 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Ulug‘ yo‘l” MFYda yashovchi fuqarolariga targ‘ibot-tashviqot hamda  yuridik maslaxatlar berildi;

- 21-aprel kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikum 2-kurs o‘quvchilari tomonidan Yuridik klinika rahbari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Toshkent” MFYda yashovchi fuqarolariga targ‘ibot-tashviqot xamda  yuridik maslaxatlar berildi;

- 29-aprel kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikum o‘qituvchisi U.O‘rinboyev va Yuridik klinika rahbari hamda Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi A.Bo‘riyev bilan birgalikda 2022-yil 15-fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-753-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilariga davra suxbati o‘tkazildi;

Shuningdek, Yuridik klinika rahbari tomonidan Yuridik texnikum o’quvchilari uchun tashkil etilgan yakuniy hamda oraliq imtixonlariga nazoratchi bo‘lib turildi.

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinikasiga Yuridik texnikum tarkibiy pedagoglari va 2-kurs o‘quvchilari a’zo qilingan.

2023 o‘quv yilining oktabr-dekabr oylari davomida yuridik texnikumda Yuridik klinika ishlarning borishi yuzasidan

 

- 15-yanvar kuni "Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum Yuridik klinika tomonidan va siz huquqingizni bilasizmi mazmundagi video rolik ishlandi va bu video rolik  ishtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 26-yanvar kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika rahbari Q.Ergashev texnikum o'quvchilariga "Kasbga sadoqat" mavzusida davra suhbati tashkil etdi.  Davra suhbati davomida o'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish, kasb etikasini rivojlantirish masalalarida maslahatlar va tavsiyalar berildi;

- 29-yanvar kuni "Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum Yuridik klinika tomonidan va siz huquqingizni bilasizmi mazmundagi video rolik ishlandi va bu video rolik  ishtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

 -30-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Guliston shaxar joylashgan maktablarning 11-sinf bituruvchilarining o‘quvchilari uchun Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinika rahbari klinikaga a`zo o‘quvchilari tomonidan uchrashuvlar va maxorat darslari tashkil etildi;

- 31-yanvar kuni "Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum Yuridik klinika tomonidan va siz huquqingizni bilasizmi mazmundagi video rolik ishlandi va bu video rolik  ishtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 31-yanvar kuni Sirdaryo viloyati yuridik texnikum Yuridik klinika raxbari xamda yuridik kilinikaga aʻzo 2-kurs oʻquvchilar “Fuqarolariga qabul qilish va ularga yuridik yordam koʻrsatish” boʻyicha davra suxbati hamda dars oʻtkizildi;

- 6-fevral kuni "Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum Yuridik klinika tomonidan va siz huquqingizni bilasizmi mazmundagi video rolik ishlandi va bu video rolik  ishtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi;

- 6-fevral kuni Sirdaryo viloyati yuridik Yuridik klinikaning telegramdagi bot orqali kelib tushayotgan murojaatlar va savollarni o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayonlarid qo‘llanilmoqda.

Bundan tashqari Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi yuridik klinikasiga to bugungi kunga qadar fuqarolardan 60 marotaba murojatlar kelib tushgan va bu murojatlarga yuridik klinika raxbari va xamda tarkidiy o‘qituvchilar va o‘quvchilar xamkorlikda ushbu murojatlarga huquqiy maslaxatlar berildi.

Huquqiy maslahat loyihasini ko'rish: Playlist