Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi
PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi Farmoni asosida (sobiq Sirdaryo viloyati yuridik kolleji negizida. Kollej 2008-yilda qurilgan) qayta tashkil etilgan.
Texnikum 720 oʻringa ega boʻlib, barcha-shart sharoitlarga ega 100 oʻrinli “Oʻquvchilar yashash uyi”ga ham ega.
Shuningdek, texnikumda amaliy darslar uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan auditoriya xonalari , axborot resurs markazi, “Sport zall” hamda anjumanlar, tadbirlar hamda uchrashuvlar oʻtkazishga moʻljallangan 120 oʻrinli “Faollar zali” ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Bugungi kunda yuridik texnikumda davlat huquqiy faoliyat, yuridik xizmat hamda sud-huquqiy faoliyat mutaxassisliklari boʻyicha 2 yillik dastur asosida taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining
5-darajasiga mos keluvchi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻqishga qabul qilish tartibi
Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Adliya vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanib, oʻquv-uslubiy jarayonlarni TDYUU muvofiqlashtirib boradi.
Yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
30 oktbrdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.
Texnikum “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus professional taʼlim asosida oʻqitishni amalga oshiradi.
Texnikumda taʼlim berish 2 yil muddatda kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Yuridik texnikumlariga hujjatlar har yili
1-avgustdan 20-avgustga qadar (shu kuni ham) my.gov.uz portali yoki http://texnikum.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
Pasport hamda umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatlar ilova qilinadi.
Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25 — 30 avgyst kunlari (Test sinovlarini oʻtkazishning aniq sanalari Adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi) quyidagi shaklda oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
xorijiy fuqarolar uchun — ogʻzaki suhbat;
koʻzi ojizlar uchun — tanlov asosida.
Kirish sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi.
Keyingi oʻrinlardagi abituriyentlar toʻplagan reyting ballari asosida belgilangan toʻlov-kontrakt parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan, shu jumladan koʻzi ojiz abituriyentlar qoʻshimcha qabul parametrlari asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
TDYUU huzuridagi akademik litseyni tamomlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli oʻquv yilida test sinovlarida oʻtish balini toʻplagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Test sinovlari uchun savollar umumiy oʻrta taʼlim
(11-sinf negizida), oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari umumtaʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq aniqlanadi.
Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili fani boʻyicha test sinovlari oʻtkazilgan hollarda, ushbu fan boʻyicha test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga shu fan doirasida abituriyent olishi mumkin boʻlgan quyidagi tartibda maksimal ball qoʻshiladi:
Abituriyentlarning tanlov asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot test sinovlari toʻliq yakunlanib, Adliya vazirligi buyrugʻi qabul qilingandan soʻng eʼlon qilinadi.
Yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test sinovlari natijalariga koʻra qabul qilinmagan abituriyentlar Adliya vazirligining qarori bilan qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Yuridik texnikumlar qoʻshimcha qabul boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun
25-sentyabrgacha taqdim etadi. Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib,
30-sentyabrgacha qoʻshimcha qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Imkoniyatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 22-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
705-son Qaroriga asosan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab texnikum bitiruvchilari hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining taqdimnomasiga binoan, Respublika Komissiyasi xulosasiga koʻra, yakka tartibdagi suhbat asosida:
-Toshkent davlat yuridik universiteti,
- Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
-Qoraqolpoq davlat universiteti,
-Samarqand davlat universiteti,
-Namangan davlat universiteti,
-Termiz davlat universitetining “Yuristprudensiya” yoʻnalishlariga 2-bosqichdan qabul qilinadi.
2. Bundan tashqari texnikum oʻquvchilari TDYUUning Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozoqiston davlatlari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida ham
2-bosqichdan taʼlim olishlari imkoniyati yaratilgan.
Bunda oʻquvchilar ham xorijiy taʼlim muassasasi ham TDYUU bakalavr diplomini olish imkoniyatiga ega boʻladi.
3. Oʻzbekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan (texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari
“5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega. (TDYUU bundan mustasno)
Oʻrta maxsus professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlgan bitiruvchilar quyidagi kasblarda ishlash imkoniyatiga egadir.
1. Xoʻjalik tashkilotlarida huquqshunos;
2.Mehnat muhofazasi boʻyicha inspektor;
3.Pensiya tayinlash va toʻlash boʻyicha inspektor;
4.Ijtimoiy koʻmak va ijtimoiy xizmat xodimi;
5. FHDY organlarida inspektor;
6.Advokat yordamchisi;
7.Notarius yordamchisi (referent);
8.Huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha inspektor;
9. Voyasha yetmaganlar bilan ishlash inspektori;
10.Sud ijrochisi;
11.Sudya yordamchisi
12.Devonxona xodimi.