Tadbirkor faoliyati olib borishda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga keltirmasligi lozim
O‘z manfaatini o‘ylab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman deb boshqalarga ziyon yetkazmaslik lozim. Ayniqsa insonning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lsa-chi bu holat. Ha, tadbirkorlik faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etmasdan, yon atrofdagilar salomatligiga jiddiy ziyon yetkazayotgan yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrullaning faoliyatidan norozi bo‘lgan aholi orasidan bir fuqaro “SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘iga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla tadbirkorlik sub’yektida sifatida vakolatli davlat organi tomonidan 2021 yil 27 fevralda 820989-raqamli yozuv bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, unga 307179017 soliq to‘lovchining identifikasion raqami berilgan. Javobgar cho‘yan, po‘lat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish, metal va metall rudalar ulgurji savdosi, metall buyumlar, suv quvurlari va isitish uskunalari va inventarlari ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining 2023 yil 2 avgustdagi 128 x/s-sonli buyrug‘iga asosan javobgarning ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan 2023 yil 7 avgust kunidan 16 avgust kuniga qadar tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirish natijalari yuzasidan 2023 yil 16 avgustda dalolatnoma rasmiylashtirilgan va dalolatnoma yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla ga tanishtirilib, bir nusxasi taqdim etilgan.
Dalolatnomada bo‘yicha yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmaganligi, korxonaning faoliyati metal buyumlarni ishlab chiqarish syexi temir kesish, payvandlash hamda tayyor mahsulotlarni ranglash uskunalaridan iboratligi, jamiyat tomonidan metal buyumlarni ishlab chiqarish syehida temir kechish, payvandlash hamda tayyor mahsulotlarni ranglashda bino germetik materiallar bilan yopilmaganligi hamda ishlash jarayonida hosil bo‘lib chiqadigan turli xil changlarni ushlab qoluvchi chang gaz tozalash uskunasi o‘rnatilmaganligi, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, “Yangi hayot” MFY, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7-uyda ijara asosidagi ish faoliyatini olib borayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-sonli qaroriga asosan davlat ekologik ekspertiza xulosasini olmaganligi aniqlangan.
Mazkur dalolatnoma bilan tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga asosan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan, lekin atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishi bo‘yicha Guliston shahar tabiat resurslari inspeksiyasiga taqdim etib borish (bajarish muddati 2023 yil 24 avgust), metal buyumlarni ishlab chiqarish syexida temir kesish, payvandlash hamda tayyor mahsulotlarni ranglashda bino germetik materiallar bilan yopilishi hamda ishlash jarayonida hosil bo‘lib chiqadigan turli xil changlarni ushlab qoluvchi chang gaz tozalash uskunasini o‘rnatilishi (bajarish muddati 2023 yil 24 avgust), Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, “Yangi hayot” MFY, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7-uyda ijara asosida ish faoliyatini olib borayotgan javobgar davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish (bajarish muddati 2023 yil 25 sentyabr), qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 5 kun muddatda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, boshqarma bilan kelishish uchun taqdim etilmaganligi, yuqorida qayd etilgan holatlarning sodir etilishi sababli Qonunning 8, 11, 13, 24-moddalari talablari buzilganligi, qonunchilikda agar mazkur talablar buzilayotgan bo‘lsa, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya nazorati organlari aholining sog‘ligiga, insonlar salomatligiga va atrof muhitga zarar keltiradigan bo‘lsa, hattoki ishlab chiqarish ob’yektlaridan va boshqa ob’yektlardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yishi lozimligi ko‘rsatilganligi, Qonunning 13-moddasida atmosfera havosiga doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib turilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkinligi, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshirilishi ko‘rsatilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 29-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizom 22-bandining 10-kichik bandiga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek korxonaning faoliyati aholining qat’iy e’tiroziga sabab bo‘layotganligi va Yangiyer shahar hokimining 26 yanvar 2004 yilgi, 24-sonli Qarori talablarini inobatga olgan holda Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi sudga ariza bilan murojaat qilib, yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla ish faoliyatini to‘xtatib turishni so‘ragan.
Sud, yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 14-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-sonli Qarori (2-ilova) bilan tasdiqlangan “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida”gi Nizom talablari buzilganligini inobatga olib, sud, arizachi Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining arizasini asosli deb hisoblab, uni qanoatlantirishni va javobgarning faoliyatini arizada keltirilgan kamchiliklar yakka tartibidagi tadbirkor Eshmatov Xayrulla tomonidan bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turishni lozim topadi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkor faoliyati olib borishda O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etmaslik tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga olib keladi!
Guliston tumanlararo iqtisodiy
sudi raisi Maxmudov Bexzod Ulug‘murodovich