Adliya vazirligi: yuridik texnikumlar bitiruvchilariga OTMga suhbat asosida o‘qishga kirish bo‘yicha yo‘llanmalar berish tartibi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Adliya vazirining buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3370 , 2022-yil 03-iyun).
Ushbu buyruq bilan quyidagilar:
Bitiruvchilarga yo‘llanma berish bo‘yicha tanlovni tashkil etish va oʻtkazish;
bitiruvchilar maxsus komissiyaga yoʻllanma berishni soʻrab onlayn platforma orqali murojaat qilish;
tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellatsiya berish va uni koʻrib chiqish;
bitiruvchilarning yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini 100 ballik tizimda baholash mezonlari;
avtomatik ravishda onlayn platforma orqali oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlash kabi bir qator tartiblar belgilangdi;
Yo‘llanmalar quyidagi minimal talablarni bajargan bitiruvchilarga beriladi:
kunduzgi ta’lim shaklida o‘qigan bitiruvchilar:
har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;
chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi;
ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi;
sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakllarida o‘qigan bitiruvchilar:
umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkich reyting natijalari bo‘yicha 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.