SIRDARYO VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI BITIRUVCHILARIGA DIPLOM BERISH MAROSIMI O'TKAZILDI
2021-yilning 10-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Axborot–Kutubxona markazining faollar zalida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2020/2021 o'quv yilining bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ravishda o'tkazildi.
Marosimda Yuridik texnikum direktori Xolbek Djalolov, Sirdaryo viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi Behzod Mahmudovlar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. B. Mahmudov bitiruvchilarga kasb odobi va muvaffaqqiyat sirlari haqida tegishli maslahatlar berdilar.
Bitiruvchilarning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.