Yangiliklar
  • 04 03, 2022

“O‘quvchilar o‘rtasida velosipedda belgilangan yo‘laklarda harakatlanish, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilinish” suhbati jarayonidan lavhalar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 27-yanvarda imzolangan “Aholining piyoda va velosipedda harakatlanishi uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni barpo etish chora-tadbirlari to‘g'isida”gi 5-son bayonining 4-bandida “O‘quvchilar va talabalar o‘rtasdida velosipedda belgilangan yo‘laklarda harakatlanish, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha professional va oliy ta‘lim muassasalarida yo‘l harakati xodimlari ishtirokida tegishli tushuntirish ishlarini doimiy ravishda tashkil qilish” vazifasi belgilangan. 
Shunga ko‘ra Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari orasida Sirdaryo viloyati IIO FMB YHXBning katta inspektori N.Mamatqulov ishtirokida “O‘quvchilar o‘rtasida velosipedda belgilangan yo‘laklarda harakatlanish, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilinish” yuzasidan suhbat o‘tkazilib, belgilangan yo‘l harakati xavfsizlik maydonida amaliy misollar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.