Yangiliklar
  • 25 02, 2022

"Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovi

 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining texnikum bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni shaffof va adolatli tarzda o'tishi uchun 7 nafar hududiy hakamlar hay'ati baxolab bordi.

Unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

3 bosqichli shartlar asosida tashkil qilingan ko‘rik tanlovda 1-o‘rinni Asilbek Norboyev, 2-o'rinni Zafar Gafarov, 3-o‘rinni Feruza Normuxammedovalar qo‘lga kiritdi va maxsus diplom, BHMning 3,4,5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan munosib taqdirlandilar.

1-o‘rin sohibi Asilbek Norboyev tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Unga hal qiluvchi bosqichda omad va zafarlar tilab qolamiz.