E'lonlar
  • 04 02, 2021

SIRDARYO VILOYATI YURIDIK TEXNIKUM TANLOV E'LON QILADI!

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi logotipini yarating!

 Logotipga qo'yiladigan talablar:

 Logotip tashkilotning yo'nalishi va faoliyatini namoyon qilishi kerak;

 Eslab qolish oson va tanib olinadigan bo'lishi kerak;

 Logotip katta plakatlar va kichik tashrif qog'ozlarida yaxshi ko'rinishi kerak. Bu oddiy bo'lishi kerak. Agar siz logotipingizni juda murakkab qilsangiz, uni kichraytirganingizda ko'p tafsilotlarni yo'qotasiz;

 Originallik ham muhim rol o'ynaydi. Bu sizga raqobatchilar olomonidan ajralib turishga yordam beradi;

 Va, albatta, sizning logotipingiz noyob bo'lishi kerak.

Tanlovda barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Logotiplar @sherzod_yuldoshev manzilida 20-fevralga qadar qabul qilinadi.

 1 nafar g'olib va 3 nafar faol ishtirokchilar aniqlanadi. G'olib sertifikat hamda sovg'alar bilan, faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.