E'lonlar
  • 10 01, 2022

14-yanvar–Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilarning qishki tatil vaqtini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek 14-yanvar–Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 2 ta yo'nalishda bo'lib o'tadi:

1-yo'nalish: Videoroliklar tanlovi.
(14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni mavzusida) 

2-yo'nalish. Maqolalar tanlovi
(Maqolalar ilmiy, badiiy, publitsistik uslublarda yozilishi mumkin. Word dasturida 14 kegel shrift, 1.5 intervalda yozish tavsiya etiladi.)

Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'asi bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Texnikum ma'muriyati eng yaxshi deb topilgan maqolani bosma nashrlarda chop etilishi uchun amaliy yordam beradi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni 14-yanvar 10:00 ga qadar @sherzod_yuldoshev manziliga jo'natishingiz so'raladi.