Kitob haqida



Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini huquqiy targ`ibotning o`rni

Ro`ziyev Ma`ruf Nuraliyevich

Ma'naviyatli insoniyat o'tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga “xijolatlik” bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo'lib o'tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o'laroq, xavf-xatarlar ro'yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma'naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko'paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko'p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o'sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar qiyin ekanini ko'rsatadi