Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq
ularning barchasida men uchun eng aziz odam - onam
siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z
ko‘zim bilan ko'rganman . Faqat ba’zilarining ismi
o'zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir
jihati bilan onamga bag‘langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat
bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan,
bu asar sizlarga bag‘ishlanadi aziz Onajonlar!