Yuristning yozma nutqi fani talabalarning savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllar da to‘g‘ri, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydigan bilimlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Mualliflar darslikni tayyorlashda mana shu jihatlarga alohida e’tibor berdilar.